Iqtisodiyot | 19:36 / 29.08.2017
6476
1 daqiqa o‘qiladi

Kriptovalyutalar bozori hajmi 160 mlrd dollarga yetdi

Foto: marketwatch.com

Jahon kriptovalyuta bozori hajmi 160 mlrd dollarga yetdi. Bu bitkoin va efirning o‘sishi tufayli yuz bergan, deb xabar qilmoqda MarketWatch.

So‘nggi ma'lumotlarga ko‘ra, bitkoin kursi 2,7 foizga tushib ketib, 4397 dollarga teng bo‘lgan. O‘z navbatida, efir 40 dollarga arzonlashdi va 342,7 dollarni tashkil etdi.

Bitkoinning ajralib ketishi tufayli paydo bo‘lgan Bitcoin Cash esa 3,6 foizga arzonlashib, 599 dollarni tashkil qilgan.

Avvalroq virtual pullar bozori hajmi 117,7 mlrd dollarga yetgani xabar berilgandi.

Mavzuga oid