Kriptovalyutalar (virtual pul) bozorining jami kapitallaşuvi 7 avgust kuni savdolar natijasida rekord körsatkiçga yetib, 117,7 mlrd dollarni taşkil etdi. Coinmarketcap ma'lumotlari şunday deyişga asos bölmoqda. Bu mazkur bozordagi yangi eng yuqori natija böldi. Bundan avvalgisi 12 iyunda qayd etilgan bölib, öşanda bozor hajmi 116,9 mlrd dollarga yetgan edi. Şu bilan bozor bir haftada birdaniga 30 foizga ösdi. 

Bozorning keskin ösa boşlaşi 5 avgust kuni boşladi. Öşa kuni Bitcoin narxi bir neça soat davomida 3200 dollarlik çegaradan yuqorida turdi. Şu bilan u ham tarixiy eng yuqori qiymatini qayd qildi. 7 avgustning ikkinçi yarmida Bitkoin biroz muddatga 3400 dollarlik çegaradan ham kötarildi. 

Bugungi kunda kapitallaşuvi böyiça eng yirik kriptovalyuta aynan Bitkoin bölib qolmoqda. Uning bu boradagi körsatkiçi 55,8 mlrd dollarni taşkil etmoqda. Uning ortidan 25,4 mlrd dollarlik natija bilan efir (kriptovalyuta nomi) bormoqda. Uçinçi örinni 6,9 mlrdlik sarmoya bilan rippl egallab turibdi. Törtinçi örinda Bitcoin Cash. Uning hisobida 4,5 mlrd dollar bor. 

Umuman, kriptovalyutalar bozoridagi tebranişlar ötgan haftada kuçaya boşladi.