Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkmaniston parlamenti O‘zbekiston bilan shartnomalarni ratifikatsiya qildi
Turkmaniston parlamenti – 5-chaqiriq Majlisining 22-kengashining navbatdagi majlisida deputatlar qator qonunlar va me'yoriy-huquqiy hujjatlarni muhokama etib, qabul qilishdi.
Xususan, "Turkmaniston Respublikasi va O‘zbekiston Respublikasi o‘rtasidagi strategik hamkorlik to‘g‘risidagi shartnomani ratifikatsiya qilish to‘g‘risida", "Turkmaniston va Qozog‘iston Respublikalari o‘rtasida strategik hamkorlik to‘g‘risidagi shartnomani ratifikatsiya qilish to‘g‘risida"gi hujjatlar loyihalari shular jumlasidan. Bu haqda Turkmaniston hukumati portali xabar qilmoqda.
Bundan tashqari, parlament yig‘ilishida Majlisning "Turkmanistonning "Mälikguly Berdimuhamedow" medalini ta'sis etish to‘g‘risida" qonun loyihasi muhokama etilib, qabul qilingan.
Parlament tomonidan qabul qilingan qonunlar Turkmaniston prezidentiga imzolash uchun yuboriladi va shundan so‘ng kuchga kiradi.
Mavzuga oid
22:20 / 09.05.2026
O‘zbekiston-Qozog‘iston chegarasida navbat yuzaga keldi
22:02 / 02.05.2026
O‘zbekiston va Qirg‘iziston “Qambarota GES-1” qurilishi bo‘yicha muzokara o‘tkazdi
17:29 / 02.05.2026
O‘zbekiston tashqi qarzi 2025 yilda 18 mlrd dollarga oshdi. Bu rekord ko‘rsatkich
11:48 / 16.04.2026