15:45 / 01.09.2017
22111

Islom Karimov haykali poyiga gulchambarlar qo‘yilmoqda

Foto: O‘zA

O‘zbekiston mustaqilligining 26 yillik bayrami va Qurbon hayiti ko‘tarinki ruhda nishonlanayotgan ayni damda poytaxtdagi Oqsaroy qarorgohi oldida buyuk davlat va siyosat arbobi, mustaqil davlat asoschisi, Birinchi Prezident Islom Karimov xotirasiga bag‘ishlab bunyod etilgan haykal poyi gullarga burkangan. Bu haqda O‘zA xabar berdi. 

Bugun vazirlik, idoralar, davlat va jamoat tashkilotlari, poytaxt aholisi va mehmonlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlardan kelgan keng jamoatchilik vakillari Islom Karimov haykali poyiga gulchambarlar qo‘yib, xotirasini yod etmoqda. 

– Islom Karimov xotirasi har birimizning yuragimizdan chuqur joy olgan. U kishi bizga bebaho meros – mustaqillikni in'om etdi, – deydi Namangan viloyatidan kelgan mehnat faxriysi Sobirjon Otajonov. – Hozir xayolimizdan ko‘p xotiralar o‘tayapti, hayot yo‘llarini mushohada qilayapmiz. Birinchi Prezidentimiz rahnamoligida amalga oshgan g‘oyat ulug‘ va mardonavor ezgu ishlarni munosib davom ettirishda sobitqadam bo‘lishimiz kerak. Bugun Islom Karimov haqiga duolar qildik, Yaratgandan yurtimizga tinchlik, xalqimizga omonlik, xayrli amallarimizga bardavomlik tiladik. 

Video: Tatyana Karimova ko‘zda yosh bilan birinchi prezidentni xotirladi

Top