Jahon | 19:05 / 02.09.2017
9292
1 daqiqa o‘qiladi

Berlin Anqaraning talabiga rad javobini berdi

Foto: AP

GFR hukumati muxolifatchi Fathulloh Gulenning Germaniyada yashovchi tarafdorlari hisoblarini Turkiya talabiga ko‘ra muzlatib qo‘yishdan bosh tortdi. Bu haqda Spiegel xabar bermoqda.

Nashr ma'lumotlariga ko‘ra, Anqara Germaniyada yashovchi 80 nafar turkning nomi bo‘lgan tegishli bildirishnomani Berlinga 2017 yilning boshida yuborgan, GFR TIVdan javob esa iyun oxirida keldi. Spiegel’ning yozishicha, javobda nomlari keltirilgan shaxslarning hisoblari ustidan nazorat o‘rnatish uchun “huquqiy asos yo‘qligi” bildirilgan.

Avvalroq GFR IIV Turkiya tomoni bir necha yil davomida Germaniyaga Gulenning tarafdorlarini topshirish talab qilingan 6 mingga yaqin murojaat yuborganini tasdiqlagandi. Ularning bari qanoatlantirilmagan.

Avgust oyi boshlarida esa Turkiya prokuraturasi muxolifatchi Fathulloh Gulenning FETO tashkilotiga aloqadorlikda gumon qilinayotgan 35 jurnalistni hibsga olish uchun order bergani xabar qilingandi.  

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid