Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bloomberg: Rossiya milliarderlari 2017 yil boshidan buyon 17 mlrd dollarga boyishdi
Bloomberg Billionaires Index (BBI) ma'lumotlariga ko‘ra, rossiyalik milliarderlarning jami boyligi yil boshidan beri 17,099 mlrd dollarga oshgan.
Indeks milliarderlarning ulushlari bo‘lgan kompaniyalar aksiyalari narxi va hisobotlari asosida aniqlanadi.
Ro‘yxatdagi 49-o‘rinni va rossiyalik badavlat insonlar orasida birinchi o‘rinni «Severstal»ning asosiy aksiyadori Aleksey Mordashov egallagan. Uning boyligi 18,4 mlrd dollar bo‘lib, yil boshidan 1,49 mlrd dollarga oshdi. «Norilskiy nikel» prezidenti Vladimir Potanin 53-o‘rindan joy olgan bo‘lib, uning boyligi 905 mln dollarga ko‘payib, 17,5 mlrd dollarga yetgan. Rossiyaliklar orasida NLMK direktorlar kengashi raisi Vladimir Lisin uchinchi o‘rinda. Uning sarmoyasi 1,6 mlrd dollarga oshib, 16,6 mlrd dollarga yetdi.
Avgust oyida BBI hisob-kitoblariga ko‘ra, rossiyalik milliarderlarning boyligi 9,7 mlrd dollarga oshgani xabar qilingan edi.
Mavzuga oid
09:45
Litva rossiyalik va belaruslikni Rossiya topshirig‘i bilan terakt sodir etishda aybladi
09:07
Rossiya va Ukraina ZAES atrofida mahalliy o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha kelishib oldi
20:49 / 16.01.2026
Amerika investitsiya fondi Rossiya imperiyasi qarzlari bo‘yicha Rossiyadan 225 milliard dollar talab qildi
15:11 / 16.01.2026