Jahon | 22:16 / 05.09.2017
6923
1 daqiqa o‘qiladi

Braziliyada 2016 yilgi Olimpiada tashkiliy qo‘mitasi rahbari uyi tintuv qilindi

Foto: AP

Braziliyada 2016 yilgi Olimpiada tashkiliy qo‘mitasi rahbari Karlos Artur Nuzman uyi va tashkiliy qo‘mita ofisi tintuv qilindi. Bu haqda Globo nashri xabar bermoqda.  

OAV ma'lumotlariga ko‘ra, Nuzman so‘roqqa chaqirilgan va politsiyaga pasportini topshirgan.

U Rio-de-Janeyroning yozgi Olimpiada poytaxti sifatida tanlanishida Xalqaro Olimpiya qo‘mitasining afrikalik a'zolari ovozlarini sotib olishda gumon qilinmoqda. Braziliya prokuraturasi ma'lumotlariga ko‘ra, Nuzmanga qarshi jiddiy dalillar to‘plangan.

Ma'lum qilinishicha, bu ish bo‘yicha tergov harakatlari doirasida o‘sha kunning o‘zida 11 ta tintuv o‘tkazilgan va ikki kishining hibsga olinishiga order berilgan. Ularning nomi sir saqlanmoqda. 

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid