Jahon | 11:08 / 09.09.2017
5667
1 daqiqa o‘qiladi

Suriyada yirik farmatsevtika zavodi ishi tiklandi

Suriyada yirik farmatsevtika zavodining ishi tiklandi, u jangarilar tomonidan vayronaga aylantirilgandi, deya aytib o‘tdi majmua egasi Umar Aysueti.

«Suriyada jangovar harakatlar boshlanishi va jangarilarning shu tumanga kelishi bilan bizning ishlab chiqarish jarayonimiz to‘xtab qoldi, terrorchilar zavodni buzib tashlashdi, ko‘plab uskunalar yoqib yuborildi. Biz 40dan ortiq tibbiy preparalar: tabletkalar, malham dorilar, eritmalar va og‘riq qoldiruvchi vositalarni ishlab chiqargan edik», - deya Aysuetining so‘zlarini keltiradi RIA Novosti.

Uning ta'kidlashicha, Damashq yaqinida joylashgan zavodda «Suriya farmatsevtikasining kelajagi rivojlanmoqda».

Avvalroq BMTda Suriya hukumatini zarin moddasini qo‘llaganlikda ayblashgandi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid