BMT komissiyasi xulosasiga köra, Suriyada joriy yilning aprel oyida zarin moddasining qöllanilişi bilan boğliq hodisa ortida uşbu davlat hukumati turibdi. Bu haqda ğarb OAV BMTning Suriyada inson huquqlari sohadagi jinoyatlarni tergov qilişi böyiça Mustaqil xalqaro komissiyasi hisobotiga asosan xabar bergan.
Ma'lumotlarga köra, Suriya hukumati joriy yilning mart-iyul oylari davomida kimyoviy quroldan kamida yetti marta foydalangan.
4 aprel kuni Idlib viloyatidagi Xon-Şayxun şahrida kimyoviy hujum amalga oşirilgan bölib, uning natijasida qariyb 100 kişi qurbon böldi. Ğarb davlatlarining aksariyati va Suriya muxolifati fojiali hodisaga Suriya hukumati javobgar ekanini ma'lum qilgan. Damaşqdagilar ayblovlarni rad etmoqda.
Biroq, AQŞ 7 aprelga ötar keçasi Suriyadagi Şayrot harbiy bazasiga qanotli raketalar yordamida zarba berdi.












