Jahon | 08:11 / 14.09.2017
6183
1 daqiqa o‘qiladi

Malayziyada diniy maktabdagi yong‘in oqibatida 25 kishi halok bo‘ldi

Malayziya poytaxti Kuala-Lumpurda joylashgan diniy maktabda chiqqan yong‘in oqibatida kamida 25 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda Star nashri xabar bermoqda.  

Voqea 14 sentabr tongida yuz bergan. O‘t o‘chiruvchilar yong‘in haqidagi ma'lumotni soat 05.00larda olishgan.   

“Bizning ma'lumotlarga ko‘ra, ayni vaqtda 25 o‘quvchi va o‘qituvchi yong‘inda halok bo‘lganlar”, deb ma'lum qilgan o‘t o‘chirish xizmati vakili. 

Voqea tafsilotlari aniqlashtirilmoqda.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid