Jahon | 15:40 / 14.09.2017
7276
1 daqiqa o‘qiladi

Moskvadagi 8 maktabga portlash tahdidi haqida qo‘ng‘iroq kelib tushdi 

Foto: RIA "Novosti"

Moskvadagi sakkizta maktabga minalashtirish tahdidi bilan anonim qo‘ng‘iroqlar bo‘lgan. Bu haqda Rossiya poytaxti tezkor xizmatlaridagi manba xabar berdi.

«Markaziy, G‘arbiy, Sharqiy va Janubiy ma'muriy okruglardagi sakkizta maktabga tahdidli qo‘ng‘iroqlar amalga oshirilgan», - deya manba so‘zlarini keltiradi RIA Novosti.

Kecha Moskvadagi savdo markazlari, oliy o‘quv yurtlari va vokzallardan 20 mingdan ortiq kishi portlash xavfi haqidagi xabarlardan so‘ng evakuatsiya qilingandi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid