O‘zbekiston | 18:32 / 18.09.2017
11093
1 daqiqa o‘qiladi

TIV: Qozog‘istondagi elchixona Ostonadagi favqulodda holat bo‘yicha batafsil ma'lumot olishga harakat qilmoqda 

Foto: Tengrinews

Qozog‘iston OAV bergan ma'lumotga ko‘ra, 2017 yilning 17 sentabr kuni oqshomda Ostona shahrida qurilayotgan obekt hududida tom va devorlar qulab tushgan. Natijada, dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, 3 nafar O‘zbekiston fuqarosi jabrlangan bo‘lib, ulardan 2 kishi halok bo‘lgan va 1 kishi kasalxonaga yotqizilgan, deb xabar bermoqda O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi.

Qayd etilishicha, Qozog‘istonning tegishli organlari tomonidan tezkor tergov guruhi tuzildi va tergov harakatlari olib borilmoqda.

Elchixonaning konsullik bo‘limi tomonidan favqulodda holat haqida batafsil ma'lumot olish uchun qator chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Avvalroq Ostonada O‘zbekistonning ikki fuqarosi halok bo‘lgani xabar qilingandi.

Foto: Tengrinews
Foto: Tengrinews
Foto: Tengrinews
Foto: Tengrinews
Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid