Sabzi qanday xavfli kasalliklar bilan kurashishda yordam beradi?

Foto: pixabay.com
Sabzi - ko‘plab vitamin, mineral va mikroelementlarga ega eng foydali sabzavotlardan biri. Ko‘pchilik uning foydali xususiyatlarini qadrlashmaydi. Masalan, sabzidagi A vitamini hech qanday dori vositalarisiz ko‘rish qobiliyatini yaxshilay oladi. Shuningdek u teri va organizmning shilliq qavatiga ijobiy ta'sir ko‘rsatadi va ularning holatini yaxshilaydi.
Kimlar ko‘proq sabzi yeyishi kerak va u qanday xavfli kasalliklarda yordam beradi?
- Yurak-qon tomir kasalliklaridan aziyat chekuvchilar. Sabzi o‘z tarkibidagi sellyuloza hisobiga qon tomirlarni ortiqcha xolesterindan tozalaydi. Xom sabzini har kuni iste'mol qilinsa, inson o‘zini aterskleroz va yurak-qon tomir tizimidagi boshqa kasalliklardan kuchli himoya bilan ta'minlagan bo‘ladi.
- Shifokorlar barcha ayollarga sabzini har qanday ko‘rinishda iste'mol qilishni tavsiya qilishadi, zero bu sabzavot - saraton profilaktikasi uchun ayni muddao. Hamma gap sabzida boshqa mahsulotlarga nisbatan A vitaminining ko‘pligidadir. Ayollarda eng ko‘p tarqalgan onkologiya turi - ko‘krak bezi saratoni bo‘lib, bunga kasallikka chalingan ayollarning organizmida A vitaminining jiddiy yetishmasligi sabab bo‘lgan.
- Erkaklarga ham sabzi iste'moli ziyon qilmaydi, zero undagi foydali moddalar erkaklarning reproduktiv funksiyasiga ijobiy ta'sir ko‘rsatadi.
- Milk va tish og‘rig‘idan azob chekuvchi kishilarga ham sabzi yeyish tavsiya etiladi. Bu sabzavot tish emalini mustahkamlaydi, og‘iz bo‘shlig‘ini parazitlardan tozalaydi, milklarning qonashini oldini oladi va h.k. Shuning uchun shifokorlar bolalarga ham, kattalarga ham xom sabzi iste'mol qilishni maslahat berishadi.
- Parishonxotir va diqqatini jamlay olmaydigan kishilarga ham sabzi foyda beradi. U miyaga ham ijobiy ta'sir ko‘rsatadi. Muntazam ravishda sabzi iste'mol qilgan kishilarda xotira va diqqatni jamlashga doir muammolar bo‘lmaydi.
Sabzini imkon qadar xom holatida yeyish tavsiya etiladi, zero termik qayta ishlash jarayonida sabzavotdagi foydali moddalarning muayyan qismi chiqib ketadi.
Tavsiya etamiz
O‘zbekistonliklarni haqoratlagan tiktoker qamoqqa olindi
Jamiyat | 09:52 / 10.04.2025
Xitoy o‘z fuqarolarini AQShga bormaslikka chaqirdi
Jahon | 22:59 / 09.04.2025
Savdo urushlari: Trampning maqsadi nima?
Jahon | 19:21 / 09.04.2025
10 kunda 5 holat: Toshkentda liftda qamalib qolish ko‘paymoqda
Jamiyat | 18:07 / 09.04.2025
So‘nggi yangiliklar
Mavzuga oid

18:42 / 19.11.2022
“Sabzi bo‘lmasa o‘zbekning uyida palov pishmaydi” – gektariga 80 tonnagacha hosil olayotgan karmanalik sabzichilar

14:36 / 03.12.2021
Yil boshidan beri sabzi narxi o‘rtacha 68 foizga oshdi

20:29 / 12.11.2021
Qishloq xo‘jaligi vazirligi sabzi narxi 4-5 baravar arzonlashganini aytdi. Ammo narxlar o‘tgan yillardagidan 2-3 barobar yuqori

09:24 / 10.11.2021