Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Panama AQSh qo‘shinlariga Panama kanali yaqinida joylashishiga ruxsat berdi
Panama va Qo‘shma Shtatlar o‘rtasidagi kelishuv Amerika qo‘shinlariga kanalda mashg‘ulotlar o‘tkazishga ruxsat beradi, ammo harbiy bazalar tashkil etilmaydi.
Foto: AP
Vashington va Panama o‘rtasidagi yangi kelishuvga ko‘ra, AQSh qo‘shinlari Panama kanali bo‘ylab bir qancha obektlarda joylasha oladi. «Yuqori mansabdor shaxslar» tomonidan imzolangan hujjat tafsilotlari haqida 10 aprel, payshanba kuni AFP agentligi xabar berdi.
Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, kelishuv amerikalik harbiy xizmatchilarga harbiy tayyorgarlik, manyovrlar va boshqa bir qator tadbirlarni o‘tkazish uchun Panama nazoratidagi obektlarda joylashtirilishiga imkon beradi. Shu bilan birga, Qo‘shma Shtatlar u yerda yangi harbiy obektlar qura olmaydi.
Biroq, bu shaklda ham, kelishuv Vashingtonga o‘n yillar oldin Panama kanaliga egalik qilgan paytda AQSh tomonidan qurilgan sobiq harbiy bazalarda cheklanmagan miqdordagi qo‘shinlarni joylashtirish huquqini beradi, deb ta’kidlaydi AFP. Agentlik buni AQSh prezidenti Donald Trampga Vashingtonning dengiz yo‘lidagi ta’sirini tiklashga qaratilgan katta imtiyoz deb atadi.
Mavzuga oid
23:18 / 21.01.2026
Germaniya nega Vashingtonga qarshi chiqmadi?
22:39 / 21.01.2026
Agar Putin va Zelenskiy tinchlik shartnomasini tuzmasa, ular ahmoq bo‘ladi – Tramp
22:11 / 21.01.2026
Bu bizning hudud – Tramp Grenlandiya haqida
21:15 / 21.01.2026