Shavkat Mirziyoyev noyabr oyida navbatdagi xorij safarini amalga oshiradi

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev shu yilning noyabr oyida Janubiy Koreyaga tashrif buyuradi. Bu haqda Kun.uz manbasi ma'lumot berdi.
Prezidentning o‘zi Janubiy Koreya safariga tayyorgarlik ko‘rilayotgani haqida iyul oyi oxirida o‘tkazilgan videoselektor vaqtida aytib o‘tgandi.
Bugun Shavkat Mirziyoyev Koreya Respublikasi Milliy Assambleyasi Spikeri Chon Se Gyunni qabul qildi. Qabul davomida janubiy koreyalik arbob O‘zbekiston rahbariga Koreya Respublikasi Prezidenti Mun Chje Inning salomi va ezgu tilaklarini yetkazdi hamda Janubiy Koreya rahbariyati O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tez orada ushbu mamlakatga tashrif bilan borishini kutayotganini ta'kidladi.
Mavzuga oid

20:10 / 11.06.2025
Janubiy Koreya KXDR bilan chegarada tashviqot radiosini o‘chirdi

13:09 / 04.06.2025
Shavkat Mirziyoyev Janubiy Koreyaning yangi prezidenti Li Chje Myonni tabrikladi

00:03 / 04.06.2025
Janubiy Koreyaning yangi prezidenti saylandi

20:41 / 03.06.2025