Özbekistonda şifokorlar malakasini oşiriş va ularni qayta tayyorlaş tizimi tubdan özgardi. Bu haqida Soğliqni saqlaş vazirligining mutasaddi xodimlari 27 sentabr kuni tibbiy ta'limni isloh qilişga bağişlangan matbuot anjumanida ma'lum qilişdi.
Tadbirda qatnaşgan KUN.UZ muxbirining xabar berişiça, tibbiyot xodimlarining malakasini oşiriş va ularni qayta tayyorlaş tizimida integratsiya paydo bölgan, bugungi kunda ular xorijda yuqori texnologiyali operatsiyalarda iştirok etiş imkoniga ega bölişmoqda.

Ma'lumotlarga köra, 2017 yilda 192 nafar tibbiyot xodimi malaka oşiriş uçun çet ellarga yuborilgan. 300 nafarga yaqin çet ellik mutaxassis Özbekistonga kelib, mahorat darslari va seminarlar ötkazişi yölga qöyilgan. Bu yönalişda maxsus fond ham taşkil etilgan.
Anjumanda qator tibbiy ta'lim muassasalari rahbarlari xorijiy safarlarda bölib, tegişli memorandumlarni imzolaşgani ma'lum qilindi. Jumladan, Toşkent davlat stomatologiya instituti rektori Janubiy Koreyada bölib, öz yönalişi böyiça memorandum imzolab qaytgani ta'kidlandi.
Şuningdek, taniqli şifokor Leo Bokeriya, professor Davidovlar Özbekistonga kelib, bir neça jarrohlik operatsiyalarini ötkazişdi. Bularning bari öquv jarayonlariga öz ta'sirini ötkazadi, deya ta'kidlaşmoqda soğliqni saqlaş tizimi xodimlari.
Bundan taşqari, Özbekistonda Simulyatsiya markazi taşkil qilinişi haqida xabar berildi. Bu borada Tatariston bilan hamkorlik qilinadi, zero u yerda Simulyatsiya markazi faoliyati yaxşi yölga qöyilgan.
28 sentabr kuni Brass universiteti professorining taşrifi kutilmoqda. Professor bir oy davomida Özbekistonda böladi va öz tajribasi bilan örtoqlaşadi.

Tadbirda, şuningdek, ilmiy-pedagogik kadrlar tizimiga ham katta ahamiyat qaratilayotgani ta'kidlandi.
Şu örinda savol tuğildi: Çet ellik mutaxassislarni jalb qiliş xarajatlari davlat tomonidan amalga oşiriladimi yoki OTM tomonidanmi? Mutaxassislarning javoblariga köra, bu yönalişda yangi fond taşkil etilgan, davlat tomonidan muayyan miqdordagi pul ajratiladi (masalan, 2017 yilda davlat tomonidan 3 milliard dollar miqdoridagi pul ajratildi), bundan taşqari, homiy taşkilotlar bor - ular ham bu borada yordam körsatib keladi, xarajatlar tibbiyot oliy ta'lim muassasalari tomonidan qoplanmaydi.











