Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonlik muhandislar Yaponiyada ishga joylashtiriladi
“Daito Trust Construction” korporatsiyasi bilan o‘zbekistonlik malakali muhandis kadrlarni Yaponiyada malakasini oshirish va ishga qabul qilish borasida kelishuvga erishilgan.
O‘zbekistonlik muhandislar Yaponiyada malaka oshiradi va ishga joylashtiriladi. Bu haqda “Dunyo” AA xabar bermoqda.
Ma’lum qilinishicha, O‘zbekiston elchisi Muhsinxo‘ja Abdurahmonov Yaponiyaning “Daito Trust Construction” korporatsiyasi prezidenti Kei Takeuchi bilan uchrashuv o‘tkazgan. Unda mamlakatga xorijiy investitsiyalar, yuqori texnologiyalarni jalb qilish, chet el kompaniyalari bilan ta’lim va migratsiya sohasida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish va rivojlantirish masalalari muhokama qilingan.
Qurilish-arxitektura va muhandislik sohalarida mamlakatda yuqori malakali kadrlarni tayyorlash va ularning yapon korporatsiyasida malakasini oshirish, stajirovkalar tashkil etish va ishga joylashtirish xususida fikr almashilgan.
Korporatsiya prezidenti Kei Takeuchi O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli qurilish ishlarida yapon texnologiyalarini tatbiq qilish, seysmik xavfsizlik va zilzilalarga bardoshli yapon qurilish standartlarini joriy etishga ko‘maklashishga tayyorligini bildirgan.
Uchrashuv yakunida “Daito Trust Construction” korporatsiyasi rahbariyatining O‘zbekistonga tashrifini tashkil etish hamda 2024 yildan boshlab bosqichma-bosqich o‘zbekistonlik 100 nafarga yaqin yuqori malakali muhandis kadrlarni Yaponiyada malakasini oshirish va ishga qabul qilish to‘g‘risida kelishib olingan.
Mavzuga oid
21:30 / 16.07.2026
Toyota 2027 yilgi Crown modelini namoyish etdi
09:25 / 14.07.2026
Zangiotada soliqchi, Buvaydada muhandis pora bilan ushlandi
08:40 / 10.07.2026
1000 metrli Jeddah Tower: bosh muhandis eng qiyin vazifani ochiqladi
20:40 / 27.06.2026