Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentdagi avtobuslarda bepul Wi-Fi ishlaydi
«Toshshahartransxizmat» aksiyadorlik jamiyati "Wi-Fi Bus" loyihasini ishga tushirdi. Loyiha Toshkent shahri avtobuslarini Wi-Fi orqali ma'lumot uzatuvchi internet aloqasi bilan ta'minlashni ko‘zda tutadi.
Endi poytaxtimiz jamoat transporti yo‘lovchilari eshigida "Wi-Fi Bus" yozuvi mavjud avtobuslarda Ziyonet.uz milliy ma'rifiy-ko‘ngilochar portali xizmatidan foydalanishlari mumkin.
«Toshshahartransxizmat» AJ ma'lumotlariga ko‘ra, yil oxiriga qadar poytaxtimizdagi ellikta yo‘nalishli avtobus Wi-Fi aloqasi bilan ta'minlanishi rejalashtirilmoqda. Bugungi kunda bazasida 4 ming 650 ga yaqin yangilik, ma'rifiy va ko‘ngilochar veb-zaxiralar mavjud bo‘lgan Ziyonet.uz portaliga ulanish imkoniyati o‘quv yili davomida, ayniqsa, yo‘lovchilar oqimining salmoqli qismini tashkil etuvchi talabalar, kollej va litseylar o‘quvchilarini xushnud qiladi. Bundan tashqari, mazkur yangilik kelajakda shahar transporti faoliyatini takomillashtirish hamda poytaxtimiz aholisi va mehmonlariga qulaylik yaratish uchun zamonaviy axborot tizimlarini faol joriy etishda qo‘l keladi. Ayni paytda Wi-Fi orqali simsiz ma'lumot uzatish xizmati 2-, 38- va 72-yo‘nalishlardagi transport vositalarida ishga tushirilgan.
Bunday imkoniyat tobora dolzarb ahamiyat kasb etmoqda, chunki Toshkentda shahar jamoat transportidan har kuni 1,3 millionga yaqin yo‘lovchi foydalanadi. Kuniga 3,5 ming kilometr masofadagi yo‘nalishlarda deyarli 25 ming reys amalga oshiriladi. Kuzatishlarga qaraganda, shahar jamoat transportidan muntazam foydalanadigan yo‘lovchi o‘rtacha kuniga yarim soatdan 2 soatgacha vaqtini avtobusda o‘tkazadi. Yangi uskuna tufayli yo‘lovchilar bu vaqtni mazmunli o‘tkazishi, ya'ni ta'lim va ma'rifiy veb-zaxiralardan bahra olishga sarflashi mumkin.
Tavsiya etamiz
Navbatdagi cho‘pchak: O‘zbekistonda kriptovaluta “qazib oluvchi” uskuna ijarasidan daromad olish taklif etilmoqda
Jamiyat | 20:37
„Uchastkavoy“ prezident bilan uchrashuvda kapitanga aylandi
O‘zbekiston | 15:27 / 11.07.2025
Tramp: NATO Ukraina uchun AQShdan qurol sotib oladi
Jahon | 11:21 / 11.07.2025
Eldor Shomurodov Turkiya klubiga o‘tdi
Sport | 11:12 / 11.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Tramp Rossiyaga Ukraina bilan kelishuvga erishish uchun 50 kun muhlat bermoqchi
Jahon | 21:01
-
AQSh Zangezur yo‘lagini 100 yilga ijaraga olmoqchi
Jahon | 20:57
-
Navbatdagi cho‘pchak: O‘zbekistonda kriptovaluta “qazib oluvchi” uskuna ijarasidan daromad olish taklif etilmoqda
Jamiyat | 20:37
-
Suriyada badaviylar va druzlar o‘rtasidagi to‘qnashuvlar oqibatida o‘nlab odamlar halok bo‘ldi
Jahon | 20:21
Mavzuga oid

16:08 / 28.03.2025
«Toshshahartransxizmat»ning sobiq rahbari va 20 kishiga sud hukmi o‘qildi

18:27 / 15.01.2025
“Infokiosklarning qaytim bermaslik masalasini yechish imkonsiz” - “Toshshahartransxizmat” raisi o‘rinbosari

15:22 / 15.01.2025
“Avtobusga chipta xaridi uchun yangi infokiosklar tadbirkorlar tomonidan o‘rnatiladi” – Toshshahartransxizmat

18:17 / 22.11.2024