Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Reuters: Yevropa Ittifoqi Myanmaga qarshi sanksiyalar kiritishi mumkin
Foto: EPA-EFE/ABIR ABDULLAH
Yevropa Ittifoqi Myanmaning Arakan shtatidagi ixtilof sababli bu davlatga qarshi sanksiyalar kiritishi mumkin. Bu shtatda myanmalik harbiylar rohingya musulmonlariga qarshi operatsiya o‘tkazmoqda. Shu sababli minglab musulmonlar o‘z yurtlarini tark etishga majbur bo‘lmoqdalar.
Bu haqda hozir Yevropa Ittifoqi davlatlari vakillari muhokama qilayotgan, Myanmaga qarshi choralar xususidagi hujjatga iqtibos keltirgan holda Reuters axborot agentligi ma'lum qildi. Ushbu hujjat YeI davlatlari tashqi ishlar vazirlariga ma'qullash uchun taqdim qilinadi.
YeI dastlabki sanksiya sifatida Myanma qurolli kuchlari qo‘mondonlik tarkibi vakillarining Yevropa Ittifoqiga kelish taklifini bekor qilishi mumkin. Hujjatda ta'kidlanishicha, YeI qo‘shimcha choralar ham ko‘rishi mumkin.
"Biroq YeI Myanma tomondan ijobiy qadamlar amalga oshirilsa, tegishli ravishda javob berishga tayyor", deyilgan hujjatda.
Yevropa Ittifoqi va AQSh Myanmani kuchishlatar operatsiyani to‘xtatishga chaqirmoqda.
Mavzuga oid
18:39 / 23.04.2026
Qirg‘iziston ilk marta Yevropa Ittifoqining sanksiyalarni chetlab o‘tishga qarshi kurashish mexanizmiga tushdi
21:18 / 14.04.2026
“Viktor Orban Yevroittifoq ichidagi eng katta chayqovchi edi” - siyosatshunos
20:02 / 08.04.2026
Makron, Meloni, Mers, Starmer va boshqalar Erondagi urush haqida bayonot berdi
19:22 / 23.03.2026