Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
“Sindika”dagi yong‘in markaziy osiyolik tadbirkorlarga millionlab rubl zarar yetkazdi
Moskvadagi “Sindika” savdo majmuasida yuz bergan yong‘in natijasida markaziy osiyolik o‘nlab tadbirkorlar juda katta miqdorda zarar ko‘rishdi. Bu haqda Tojikiston Respublikasi Mehnat, migratsiya va bandlik vazirligining Rossiyadagi vakolatxonasi xabar bergan.
Tadbirkorlarning o‘zlari gap o‘n millionlab rubl haqida ketayotganini aytishdi.
Tadbirkor Muhammadrasul Xolovning so‘zlariga ko‘ra, yong‘in tufayli Tojikistonning 50dan ortiq fuqarosiga tegishli bo‘lgan mahsulotlar yonib ketgan. “Menga shunisi ma'lumki, boshqa hamyurtlarim 20-45 mln. rubl atrofida zarar ko‘rishdi”, - degan u.
Boshqa bir tadbirkor Xudoydod Jumayevning so‘zlariga ko‘ra, qarindoshi bilan birga 24 mln. rubllik zarar ko‘rgan. "Biroq bizning mahsulotlar sug‘urta qilingandi hamda umid qilamanki, bozor rahbariyati barcha ziyonni qoplab beradi”, - deydi.
Shuningdek, yong‘indan so‘ng markaziy osiyolik ko‘plab migrantlar ishsiz qolgani xabar berildi.
Ma'lumot uchun, ushbu savdo majmuasi yoki qurilish bozorida rossiyaliklardan tashqari qo‘shni respublikalardan ham ko‘plab tadbirkorlar faoliyat ko‘rsatishar edi. Ular orasida o‘zbekistonlik tadbirkorlar ham bor. Ular ham millionlab rubl ziyon ko‘rishgan. Ko‘pchiligining omborlaridagi mahsulotlari yonib ketgan, ba'zilarni hatto shaxsiy avtomobillaridan ham ayrilishdi.
8 oktabr kuni Moskva avtomobil halqa yo‘lining 65-kilometri atrofida, Strogino tumani yaqinida "Sindika" qurilish markazining yer osti avtoturargohida yirik yong‘in chiqqani xabar berilgandi. Ma'lum qilinishicha, yuqori harorat oqibatida avtoturargohdagi avtomobillar portlay boshlagan. Yong‘in maydoni 55 ming kvadrat metrga teng bo‘lgan. Binodan taxminan uch ming kishi evakuatsiya qilindi. Shuningdek, savdo markazida taxminan 300 kvadrat metr pavilonlarni qamrab olgan tom qulab tushgan. Yong‘inni o‘chirishga 15 soat vaqt ketdi.
Mavzuga oid
12:29
Toshkentda yong‘inga qarshi alohida rejim: nimalar qilinadi?
12:23 / 22.06.2026
Toshkent viloyatida avtoqismlar do‘konida yong‘in chiqdi
11:00 / 22.06.2026
Andijonda yog‘och omborida yong‘in sodir bo‘ldi
13:40 / 19.06.2026