Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston terma jamoasi FIFA reytingida yana pastga quladi
FIFA terma jamoalarning yangilangan reytingini e'lon qildi.
Unga ko‘ra, O‘zbekiston milliy terma jamoasi 470 ochko bilan o‘tgan oyga nisbatan 7 pog‘ona pasayib, 76-o‘ringa tushib ketdi.
Osiyo futbol konfederatsiyasiga (OFK) a'zo mamlakatlar orasida ham O‘zbekistonda pasayish kuzatildi - terma jamoamiz 7-o‘rindan 8-o‘ringa tushdi. BAA terma jamoasi bizdan o‘zib ketishga muvaffaq bo‘ldi.
Ayni paytda, Eron terma jamoasi Osiyoda peshqadamlikni saqlab turibdi, dunyo miqyosida esa 34-o‘rinni egallagan.
FIFA reytingi (OFK bo‘yicha):
1 (34). Eron – 784 ochko;
2 (43). Avstraliya – 714 ochko;
3 (44). Yaponiya – 711 ochko;
4 (57). Xitoy – 626 ochko;
5 (62). Janubiy Koreya – 588 ochko;
6 (63). Saudiya Arabistoni – 576 ochko;
7 (72). BAA – 488 ochko;
8 (76). O‘zbekiston – 470 ochko;
Umumiy reytingda Germaniya terma jamoasi birinchi o‘rinni saqlab qoldi. Uni Braziliya va Portugaliya ta'qib qilmoqda.
FIFA reytingi (umumiy):
1. Germaniya – 1631
2. Braziliya – 1619
3. Portugaliya – 1446
4. Argentina – 1445
5. Belgiya – 1333
6. Polsha – 1323
7. Fransiya – 1226
8. Ispaniya – 1218
9. Chili – 1173
10. Peru — 1160
Mavzuga oid
14:43 / 07.07.2026
Tramp Infantinodan Balogunga jazoni bekor qilishni so‘raganini tan oldi
19:48 / 06.07.2026
«Qizil chiziqdan o‘tildi». UYeFA Infantinoni ag‘darmoqchi
17:52 / 03.07.2026
FIFA Rivaldo oldidagi qarzdorlik tufayli «Bunyodkor»ga transfer taqiqi qo‘ydi
16:34 / 12.06.2026