Sport | 19:20 / 19.10.2017
12125
1 daqiqa o‘qiladi

«Mourino zorlanishni san'at darajasiga ko‘tardi»

«Arsenal» klubining sobiq hujumchisi Charli Nikolas «Chelsi» va «Manchester Yunayted» ustozlari Antonio Konte bilan Joze Mourino o‘rtasida yuzaga kelgan mojaroga izoh berdi.

Eslatib o‘tamiz, Mourino boshqa jamoa bosh murabbiylari futbolchilarining jarohat olishidan juda ko‘p zorlanishini aytgan, Konte esa unga faqat o‘zini jamoasi haqida o‘ylashni maslahat bergandi.

«Kontening reaksiyasini tushunib turibman. Mourino o‘tgan mavsumni zorlanish bilan o‘tkazdi, bu ishni san'at darajasiga ko‘tardi. U har doim o‘zini baxtsiz insonday tutgan, hozir ham shunday. 

U o‘zini insoniyatning asosiy dushmani sifatida tasvirlab, butun dunyoni kurashga chorlaydi, bu borada u juda iqtidorli. Har doim uning zorlanishini eshitaman» - dedi Nikolas.

Konte Mourinoning kinoyalariga javob qaytardi

Mavzuga oid