Jahon | 16:14 / 19.10.2017
31048
2 daqiqa o‘qiladi

Sochi yaqinida o‘zbekistonlik xavfli jinoyatchi ushlandi

Foto: RIA "Novosti"

Sochida, Rossiya-Abxaziya chegarasi hududida O‘zbekiston fuqarosi qo‘lga olindi. U Rossiyada ko‘p yillar davomida O‘zbekistondagi jinoiy ta'qibdan yashirinib yurgan.

Rossiya Federal xavfsizlik xizmatining Krasnodar o‘lkasi bo‘yicha Chegara boshqarmasi matbuot xizmatidan xabar berishlaricha, 31 yoshli nolegal Adler tumani Vesyoloye qishlog‘ida profilaktik reyd vaqtida aniqlangan. Qo‘lga olingan shaxsning chegara zonasida qolish uchun zarur bo‘lgan ruxsatnomasi yo‘q edi.

Tegishli bayonnomani tuzish paytida O‘zbekistonda huquqbuzar bir qator jinoyatlar, xususan tovlamachilik va voyaga yetmagan shaxslarga nisbatan axloqsiz harakatlarni sodir etishda gumon qilinayotganligi ma'lum bo‘lgan. U taxminan bir yarim yil davomida Rossiya hududida ta'qibdan yashirinib yurgan.

Huquqbuzar chegara tartibini buzganligi uchun jarimaga tortildi va chet el fuqarolarini vaqtinchalik saqlash markaziga yuborildi. Endi u O‘zbekistonga deportatsiya qilinadi hamda bu yerda huquq-tartibot idoralariga topshiriladi.

Mavzuga oid