Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yakkasaroy hokimiyati o‘z binosini Maktabgacha ta'lim vazirligiga bo‘shatib beradi
Toshkent shahri Yakkasaroy tumani hokimiyati yangi joyga ko‘chib o‘tib, o‘z binosini yangi tashkil etilgan Maktabgacha ta'lim vazirligiga bo‘shatib beradigan bo‘ldi.
Yangi vazirlik hokimiyatning Yusuf Xos Hojib ko‘chasidagi binosida joylashadi.
Yakkasaroy hokimiyati esa Bobur ko‘chasida joylashgan, avval Respublika baynalmilal madaniyat markaziga tegishli bo‘lgan binoga ko‘chib o‘tadi. Hozirda bu binoda kapital ta'mirlash ishlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 30 sentabrda Maktabgacha ta'lim vazirligi tashkil etilishi haqidagi farmonni imzoladi. Yangi vazirlikka Toshkent axborot texnologiyalari kasb-hunar kollejining sobiq direktori Agrepina Shin rahbar etib tayinlandi. Yangi vazirlikning asosiy vazifasi mamlakatdagi maktabgacha ta'lim sohasini tubdan isloh qilish bo‘ladi.
Mavzuga oid
10:07 / 26.12.2025
Maktabgacha va maktab ta’limi: 2025 yilda 59 ta yangi maktab ishga tushirildi
18:28 / 09.09.2025
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi xodimi ayolga jinsiy aloqa evaziga lavozim taklif qildi
15:02 / 10.11.2022
Maktabgacha ta’lim vazirligi o‘tkazadigan xalqaro konferensiyaga 19,1 mlrd so‘m sarflanmoqda
17:43 / 31.03.2022