Xususiy bog‘chalarga ishga olinadigan tarbiyachilar komissiyalardan o‘tkazilmaydi – vazirlik Samarqandda bolalar qo‘liga igna sanchilgan holat haqida
Maktabgacha ta’lim vazirligi ayni paytda nodavlat bog‘chalarga ishga olinadigan tarbiyachilar alohida komissiyalardan o‘tkazilmasligini bildirdi.
Bugun, 31 mart kuni Maktabgacha ta’lim vazirligi mas’ullari ishtirokida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. Unda vazirlik Samarqanddagi xususiy bog‘chada bolalarga igna sanchilgani gumonlanayotgan holat bo‘yicha munosabat bildirdi.
Vazirlik matbuot kotibi Mavluda Asqarxo‘jayevaning qayd etishicha, Samarqanddagi maktabgacha ta’lim tashkilotida tarbiyachining qilgan noo‘rin xatti-harakatlarini vazirlik hech qachon oqlamaydi. Lekin ayni paytda xususiy sektordagi tarbiyachilarni nazorat qilish tizimi yo‘q.
“Xususiy bog‘chalar litsenziyani Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasidan olishadi. Lisenziya berayotgan jarayonda tarbiyalarni ishga olish shartlari inobatga olinmaydi. Xususiy bog‘chalarga tarbiyachilar ishga olinayotganda ular Maktabgacha ta’lim vazirligi tizimidagi tashkilotlarning komissiyalaridan ham o‘tmaydi. Lekin hozir tarbiyachilarni lavozimga qo‘yish jarayonini litsenziya berishda inobatga olish masalasi ko‘rib chiqilyapti.
Bu yerda asosiy urg‘u Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasiga ko‘proq qaratilishi kerak. Lekin shunda ham Samarqand viloyati Maktabgacha ta’lim boshqarmasi rahbari ishtirokidagi ishchi guruh Samarqand shahridagi bog‘chaga yetib borib, huquqni muhofaza qilish organlari bilan birgalikda ish olib borishdi”, dedi Mavluda Asqarxo‘jayeva.
Uning qo‘shimcha qilishicha, hozir nafaqat nodavlat, balki davlat bog‘chalarida ham tushuntirish ishlari olib borilyapti. Agar shunga o‘xshash holatlar aniqlanadigan bo‘lsa, tarbiyachilar haqidagi ma’lumotlar shafqatsizlik bilan huquqni muhofaza qiluvchi organlarga taqdim etiladi.
Maktabgacha ta’lim vazirligi boshqarma boshlig‘i Abdug‘ulom Hakimovning qayd etishicha, nodavlat bog‘chalarda raqobat muhiti shakllanmoqda.
“Men 99 foiz katta loyiha bo‘lgan xususiy bog‘chalarni bilaman. Ularning deyarli hammasida videokuzatuv kameralari bor. Bundan tashqari, xususiy bog‘chalar yopilib ketmasligi uchun o‘zlari ham harakat qilishadi. Sababi ota-onalar mustahkam bazali MTTlarga ko‘proq ishonadi. Shuning uchun aksar nodavlat bog‘chalarda kameralar bor, lekin hammasida ham emas”, dedi Abdug‘ulom Hakimov.
Tavsiya etamiz
«Credit House» ishi: Minglab odamlar uysiz va pulsiz qolyapti
O‘zbekiston | 12:30
«Quvur operatsiyasi»: ruslar uni «urushdagi burilish nuqtasi» deyishmoqda
Jahon | 23:40 / 11.03.2025
Amaldorlar “mahalliy” xizmat avtomobillariga o‘tkazilmoqda
O‘zbekiston | 16:34 / 11.03.2025
Firibgarlar o‘g‘irlagan pullarni qaytarib bo‘lmaydimi?
O‘zbekiston | 15:27 / 11.03.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Ilon Maskning sa’y-harakatlari AQSh federal xarajatlarini qisqartira olmadi
Jahon | 18:20
-
Urushning oxiri yaqinmi? Nega Ukraina va Rossiyaga tinchlikka erishish shunchalik qiyin?
Jahon | 18:12
-
Putin: «Kurskda asir tushganlarga terrorchilardek munosabatda bo‘linadi»
Jahon | 18:08
-
Parij ko‘chalaridan biriga Samarqand nomi berildi
O‘zbekiston | 17:56
Mavzuga oid

12:12 / 06.03.2025
Samarqanddagi bog‘chada ham tarbiyachi bolalarni kaltakladi

17:53 / 01.08.2023
IIB xodimlari ma’ruza qilgan bog‘cha mas’ullari jazolandimi?

15:36 / 28.07.2023
Prezident Uchtepa tumanida bog‘cha bolalariga ma’ruza o‘qigan profilaktika inspektori voqeasiga to‘xtaldi

17:40 / 27.07.2023