2022 yil 14-16 noyabr kunlari Toşkent şahrida YuNeSKOning erta yoşdagi bolalarni tarbiyalaş va ta’lim beriş böyiça II butunjahon konferensiyasi bölib ötadi. Davlat xaridlari elektron tizimiga joylaştirilgan ma’lumotlarga köra, bu konferensiya doirasidagi tadbirlarni ötkaziş uçun Maktabgaça ta’lim vazirligi 5 ta kompaniya bilan qariyb 20 mlrd sömlik şartnomalar imzolagan.
Xususan, 24 oktyabrda Maktabgaça ta’lim vazirligi Asia Star Plaza MÇJ bilan qiymati 334 mln sömlik şartnomani imzolagan. Şartnomaga köra, Hampton by Hilton mehmonxonasidan 5-20 noyabr kunlari 83 nafar odam uçun standart bir kişilik xonalar beriladi.




26 oktyabr kuni esa vazirlik Twins Creative and Entertainment MÇJ bilan ham şartnoma imzolagan. Bunda 227 mln 400 ming söm evaziga kompaniya MTVning tarixiga bağişlangan bitta 5 daqiqali videoni 154 mln 640 ming 500 sömga, LED ekran uçun 4 ta 15 soniyali videorolikni 72 mln 772 ming sömga tayyorlab beradi.




























