Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Olmaotalik erkak benzin qimmatlashishi tufayli otga o‘tib oldi (video)
Instagram’da g‘ayrioddiy video paydo bo‘ldi, unda olmaotalik erkak benzinning qimmatlashishi tufayli otga o‘tib olgani ko‘rsatilgan, deb xabar bermoqda Tengrinews.kz.
"Mana shunday ishlar, benzin qimmatlashdi. Endi ishga shunday ko‘rinishda bormoqdamiz", - degan rolik muallifi. Kadrlardan ko‘rish mumkinki, rolik muallifidan oldin yana ikki kishi otda harakatlangan. O‘tkinchilar esa bu holatdan hayratga ham tushishmagan.
Shuni ta'kidlab o‘tish lozimki, Qozog‘istonda benzin taqchilligi kuzatildi. Avvalroq energetika vaziri Kanat Bozumboyev Qozog‘istonda AI-92 benzin zaxirasi 13 kun davomida to‘xtovsiz yetkazib berish imkoniyatini berishi haqida ma'lum qilgandi. O‘z navbatida, Qozog‘iston energetika vaziri o‘rinbosari Boqijon Jaqsoliyev AI-92 benzini bir litr uchun 161 tengegacha qimmatlashishi mumkinligini aytgan.
Mavzuga oid
18:06 / 03.02.2026
2029 yilgi qishki Osiyo o‘yinlari Qozog‘istonda o‘tkaziladi
15:51 / 02.02.2026
Benzinga naqd pulda to‘lov to‘xtatiladi
15:29 / 29.01.2026
Benzin sifati shubha uyg‘otsa, qayerga murojaat qilish kerak?
16:44 / 15.01.2026