Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkiya turizm sohasidagi qonunchiligini isloh qilmoqchi
Turkiya turizm sohasida yangi qonunlar qabul qilmoqchi, chunki amaldagi qonunlar zamonaviy sharoitlar va sayyohlik oqimi hajmlariga anchadan beri mos kelmaydi. Bu haqda OTI xalqaro xoldingi direktorlar kengashi raisi Ayxon Bektosh ma'lum qildi.
"Turkiyada sayyohlik sektori 20-asrning 70-yillarida qabul qilingan qonunlar asosida ishlaydi. Bu qonunlar zamonaviy sharoitlarga to‘g‘ri kelmaydi, o‘sha vaqtda sayyohlar soni millionga ham yetmagan. Hozir esa biz yiliga 40-50 million sayyohlar haqida gapirmoqdamiz", deb aytgan Bektosh xoldingning 25 yilligi nishonlanishi doirasida.
"Investitsiyalar, turoperatorlar, turagentliklar, turizmni qo‘llab-quvvatlash bilan bog‘liq qonunlar kerak. Bu o‘zgarishlar hukumat hamkorligida fuqarolik jamiyatining ishtirokida yuz beradi. Buning evaziga tizim ishonchliroq va barqarorroq bo‘ladi", deb aytgan Bektosh.
OTI Holding xoldingi Coral Travel, Odeon Tours, Holiday Market Service, A-Class Travel kompaniyalari, Otium Hotels, Xanadu Resort Hotel mehmonxonalariga egalik qiladigan yirik xalqaro tuzilma hisoblanadi. Uning xodimlari umumiy soni 7 ming kishidan ko‘proqni tashkil qiladi.
Mavzuga oid
17:32 / 19.06.2026
Turkiyada o‘ldirilgan o‘zbek ayollari: fojia qayerda boshlanyapti?
12:02 / 18.06.2026
“Shovqin va changdan zada bo‘ldik” – portlatish ishlari turizm qishlog‘iga tinchlik bermayapti
18:17 / 15.06.2026
Turkiyaning zilziladan jabrlangan Hatay viloyatida O‘zbekiston mahallasi ochildi
15:55 / 13.06.2026