Jamiyat | 16:50 / 23.10.2017
4822
2 daqiqa o‘qiladi

Yunusoboddagi xonadonga o‘g‘rilikka tushgan shaxslar qo‘lga olindi

Yunusobod tumanida Yunusobod tuman IIB HPB profilaktika inspektorlari sohaviy xizmat xodimlari bilan hamkorlikda xonadonga o‘g‘rilikka tushgan shaxslarni qo‘lga olishdi.

Bu haqda KUN.UZ’ga IIV Huquqbuzarliklar profilaktikasi bosh boshqarmasi xabar berdi.

Yunusobod tumanida 16 oktabr kuni soat 09.00 dan soat 18.00 gacha bo‘lgan vaqt oralig‘ida, noma'lum shaxslar, 1997 yilda tug‘ilgan, Yunusobod 8-29-uyda yashovchi N.B.ni uyiga kalit tanlash yo‘li bilan kirib, yotoqxonasidan 2.400.000 so‘mlik "LG" televizori, mehmonxonasida turgan 2.400.000 so‘mlik "Samsung" televizori, 8.000.000 so‘mlik "HP" noutbuki, 120.000 so‘mlik sichqoncha, 80.000 so‘mlik internet modemi, 800.000 so‘mlik "Samsung" mikroto‘lqinli pechi va 2.000.000 so‘mlik turli xildagi poyabzallarni o‘g‘irlab, voqea joyidan yashiringan. 

Ko‘rilgan chora tadbirlar natijasida ushbu jinoyatni, 
1982 yilda tug‘ilgan, muqaddam sudlangan, Chilonzor tumani, TXAY ko‘chasi 17-uyda yashovchi X.A. va 1983 yilda tug‘ilgan, Sirg‘ali tumani, Do‘stlik 2-2-uyda yashovchi A.Sh.lar tomonidan sodir etilganligi aniqlanib, ushlandi.

Daliliy ashyo sifatida "LG" televizor, "Samsung" televizor, "HP" noutbuk, sichqoncha, internet modem, "Samsung" mikroto‘lqinli pech va turli xildagi poyabzalar olingan. 

Mazkur holat yuzasidan Yunusobod tumani IIB tomonidan fuqarolar X.A. va A.Sh.larga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JKning 169-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid