10:40 / 26.10.2017
24772

Timsoh begemotlar hamlasidan arang qutulib qoldi (video)

Janubiy Afrikadagi Kryuger milliy bog‘iga tashrif buyurgan sayyohlardan biri timsohning bir to‘da begemotlar bilan olishayotganini videoga oldi. Rolik YouTube’dagi Kruger Sightings kanalida joylashtirilgan.

Video muallifi, 71 yoshli Xarish Kumarning aytishicha, voqea kutilmaganda sodir bo‘lgani sababli u suratga olish shtativini ham o‘rnatishga ulgurmagan. Biroq shunga qaramay, u qulay joy tanlab, yovvoyi tabiatning ham hayratomuz, ham dahshatga soluvchi lahzalarini tasvirga olishga muvaffaq bo‘lgan. 

"Bu aqlbovar qilmas hodisa bo‘ldi. Timsoh qandaydir tarzda begemotlar to‘dasi orasiga tushib qolgan. Begemotlar esa timsohning darhol ketishini istab, uni o‘rab olib, u yerdan-bu yerga itarib, tishlay ketishdi. Timsoh uchun hammasi baxtli yakunlanib, u qutulib qolishga muvaffaq bo‘ldi", deb eslagan voqeani Kumar.  

Mavzuga oid
Top