Turkiyalik mutaxassis o‘zbekistonlik asalarichilarga seminar trening o‘tkazdi
Farg‘ona viloyati Asalarichilik uyushmasi o‘quv markazi binosida respublikadagi asalarichilar uchun tashkil etilgan seminar treningni dolzarb mavzusi bo‘ldi.
Xorijiy tajribaga tayangan holda O‘zbekistonda sohani yanada rivojlantirish maqsadida Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi tashabbusiga ko‘ra, BMTning oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti bilan hamkorlikda turkiyalik professor, xalqaro maslahatchi Muhsin Do‘garo‘g‘li trener sifatida O‘zbekistonga taklif etildi.
«O‘zbekistonga uchinchi marta tashrif buyurishim. Bugun men ko‘plab asalarichilar bilan ko‘rishib, ularga turkiyalik asalarichilarning tajribasi haqidagi fikrlar bilan o‘rtoqlashayapman. 400 xildagi o‘simliklar o‘sadigan va har yili yuqori darajada asal yig‘ish uchun tabiiy sharoitlar mavjud bo‘lgan O‘zbekistonning qulay iqlimi asalarichilikni rivojlantirish uchun katta imkoniyatlar yaratadi hamda ko‘proq hosil olish mumkin. Demak, mamlakatingiz sifatli asal yetishtirsa, bu jahon bozorida yuqori o‘rinlarni zabt etishingizga ko‘maklashadi», deydi u.
Seminarda asalarichilik asoslari, asalarini ko‘paytirish va parvarishlash, asalari kasalliklari va zararkunandalariga qarshi ishlash mavzusida o‘zaro fikrlar almashildi. Seminarda ishtirok etgan ellikka yaqin fermer va soha mutaxassislari o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javoblar olishdi. Shuningdek, turkiyalik mutaxassis O‘zbekistonda asarlarilarni parvarishlash, mamlakatdagi imkoniyatlar, texnologiyalar bilan yaqindan tanishdi.
«Rostini aytsam, Turkiyada arilarning qutichalarini birlashtirish uchun mixdan foydalanamiz. Mamlakatingizda esa taxtalar yelim yordamida bir-biriga yopishtirilishiga guvoh bo‘ldim. Deyarli mixdan foydalanilmaydi. Bu texnologiyangizni o‘rgansak va o‘zimizda ham foydalansak bo‘ladi. Bugungi tashrifim tajriba o‘rgatish emas tajriba almashish, sohani qaysidir qismini o‘qitsam, sizning tajribangizni ham o‘rganyapman», degan Do‘garo‘g‘li.
Asalarilarni oziqlantiruvchi o‘simliklarni madaniy tarzda yetishtirish ham sohani rivojlantirishning bir usuli. Mamlakatimizda har bir sohani rivojlantirish ustida bosh qotirilar ekan, albatta asalarichilar ham bu boradagi imkoniyatlardan foydalanib, O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan, degan yorliqdagi asallari bilan xalq manfaatdorligi yuksalishiga o‘z ulushlarini qo‘shadilar.
Ahror Ziyo, Farg‘ona
Mavzuga oid
11:20
“Qani deputatlar, nega qaramayapti?” - propan narxidan haydovchilar xavotirda
19:02 / 21.11.2024
Farg‘ona aeroportida havo kemalarini qabul qilishga vaqtinchalik cheklovlar joriy etildi
11:28 / 21.11.2024
Farg‘onada sodir bo‘lgan YTHda voyaga yetmagan qiz halok bo‘ldi
10:16 / 12.11.2024