Unda, Tojikiston fuqarosi “özbek-tojik” davlat çegarasini qonunga xilof ravişda buzib ötgan vaqtida töxtatib qolindi.

Unga tegişli sumka közdan keçirilganda, 15 dona öramdagi jami 14 kg 584 gr “gaşiş” moddasi borligi aniqlanib, protsessual tartibda rasmiylaştirib olindi.

Şundan söng, uşbu ajal oğusini buyurtma qilgan şaxsni aniqlaş yuzasidan tezkor tadbir davom ettirildi. Natijada, Farğona viloyatining Toşloq tumanida yaşovçi şaxs Bekobod tumanida narkotik moddani qabul qilib olgan vaqtida aşyoviy dalillar bilan uşlandi.

Boşqa holatda esa, Xizmatning Farğona viloyati böyiça boşqarmasi xodimlari tomonidan içki işlar hamda bojxona organlari bilan hamkorlikda ötkazilgan tezkor tadbirda Toşkent viloyatining Bekobod tumanida yaşovçi şaxs qöşni davlatdan kontrabanda yöli bilan olib kelingan 9 kg 467 gr “opiy” moddasini sotgan vaqtida aşyoviy dalillar bilan qölga olindi.

Tergovga qadar tekşiruv davomida, tojikistonlik narkokurer tomonidan Surxondaryo viloyati hududiga kontrabanda yöli bilan yetkazib berilgan mazkur ajal oğusini Denov tumanida yaşovçi fuqaro qabul qilib olib, Toşkent viloyatiga olib kelganligi aniqlandi va u ham protsessual tartibda uşlandi.

Qöqon şahrida qayd etilgan holatda, “Farğona-Qöqon” yönalişida harakatlanayotgan “Lasetti” rusumli avtomaşina töxtatilib, xolislar iştirokida közdan keçirildi. Natijada unda yölovçi sifatida harakatlanayotgan - Qöqon şahrida yaşovçi fuqaro özining bel qismiga 1 kg 759 gr “gaşiş” moddasini yaşirib olganligi aniqlandi.

Farğona şahrida kuzatilgan holatda esa, “Farğona-Toşloq” yönalişi böylab harakatlanayotgan şaxs boşqaruvidagi “Zaporojyets” rusumli avtomaşina töxtatilib, xolislar iştirokida közdan keçirilganda, uning salon qismida 995 gr “gaşiş” moddasi borligi aniqlandi va tegişli tartibda rasmiylaştirib olindi.

Ötkazilgan tezkor tadbirlar natijasida aşyoviy dalil sifatida olingan jami 26 kg 805 gr giyohvandlik vositalari Tojikistondan kontrabanda yöli bilan olib kelingan.

Hozirda uşbu şaxslarga nisbatan Jinoyat kodeksining tegişli moddalari bilan jinoyat işlari qözğatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.