Farğona şahrining Mustaqillik köçasidagi bolalar maydonçasi örab olinib, hududda köp qavatli uy qurilişi boşlangan. Bunga qarşi çiqqan aholi esa “obonçi” ayollar tomonidan qörqitilgan. Kun.uz muxbiri hududda bölib, aholi va mas’ullarga mikrofon tutdi.
Bundan 4 yil muqaddam – 2021 yilning fevralida Farğona viloyati hokimi Xayrullo Bozorov Farğona şahrida aholi yaşaş şaroitlarini örganar ekan köp qavatli turar joylar örtasida barça qurilişlar töxtatilişi, bolalar hamda sport maydonçalari qayta tiklanişi, bunday qurilişlarga ruxsat beriş bilan boğliq barça qarorlarni bekor qiliş yuzasidan tegişli taşkilotlarga topşiriq bergan edi. Şunga qaramay şaharning Mustaqillik köçasida aynan bolalar maydonçasi örnida köp qavatli uy qurilişi boşlangan. Bunga qarşi çiqqan aholi esa “obonçi” ayollar tomonidan qörqitişga ötilgan. Eng qiziği aynan quriliş bölayotgan hudud örnida qöşni domning kanalizatsiya va gaz tarmoği ötgan.


Qarşilik qilsak bizga pul taklif qilişyapti
“Törtinçi qavatda yaşayman. Qilayotgan işlari quriliş tartibiga umuman töğri kelmaydi. Domimiz tagidan kotlavan qazişga tuşişdi. Dardimizni eşitadigan taşkilot yöq.

Çiqmagan joyimiz qolmadi. Prokuror kelib ertaga hammasini hal qilamiz dedi. Lekin heç narsa özgarmadi. Quruvçilar yana bilganini qilyapti. Quruvçilar kelib, qölimizda xujjatimiz bor, qarorimiz joyida deydi. Kadastr boşliqlari ham negadir quruvçi tomonda. Qarşilik qilsak bizga pul taklif qilişyapti”, – deydi Anvarjon Qodirov.
Quruvçiga heç kimning gapi ötmayapti...
“Ikki haftadan beri tinçimiz buzilgan. Binoni kötarişvormasin deb köçada navbatda turibmiz. Quriliş maydoni örnida bolalar maydonçasi bor edi. Maşinalarimiz turardi. Bolalarni maydondan çiqarişib atrofini örab olişdi.
























