Farğona viloyati hokimligi ma’lumotiga köra, Özbekiston va Xitoy şaharlari örtasida aviaqatnovlar kengaytirilayotgan bölib, yana bir yangi Farğona-Urumçi-Farğona yönalişida aviaparvoz yölga qöyilmoqda.
Xitoyda amaliy taşrif bilan bölgan Farğona viloyati hokimi Xayrulla Bozorov boşçiligidagi viloyat delegatsiyasi Urumçi şahrida yangi aviaqatnovga tantanali start beriş marosimida iştirok etdi.
Mazkur aviaparvoz ikki hududni boğlaş, savdo, iqtisodiy-investitsiyaviy hamkorlikni rivojlantiriş, turizm yönalişida muhim ahamiyat kasb etadi.

















