Sammit arafasida Vetnamga kuchli tayfun yopirildi. Kamida 27 kishi halok bo‘ldi
Vetnamda tayfun oqibatida kamida 27 kishi halok bo‘ldi. Bu mamlakatda dushanba kuni Osiyo-Tinch okeani iqtisodiy hamkorligi sammiti boshlanishi kutilmoqda.
Hindustan Times nashri xabariga ko‘ra, Vetnamga janubdan «Demri» to‘foni yopirilgan. Ayni vaqtda o‘nlab kishilar bedarak yo‘qolgan deb hisoblanmoqda. Shundan 17 kishi Bindin viloyati qirg‘oqlarida yo‘qolgan yuk kemasi ekipajidir.
Tabiiy ofat sammit bo‘lib o‘tadigan Dangan shahridan 500 kilometr masofadagi Nchang shahriga katta talofat yetkazmoqda. Bu hududda shamol tezligi soatiga 130 kilometrni tashkil qilmoqda. Minglab uylarga shikast yetmoqda, hudud elektr tokidan uzilgan.
AFP xabariga ko‘ra, 600dan ortiq uy butunlay vayron bo‘ldi, yana 40 ming uy turli darajada zararlangan.
Mahalliy hukumat sammit vaqtida xavfsizlikni ta'minlash uchun bir qancha rejalar ishlab chiqqan. Bu sammitda AQSh, Rossiya va Xitoy rahbarlari, shuningdek, Yaponiya bosh vaziri hamda dunyoning bir qator boshqa yetakchilari ishtirok etishi kutilmoqda.
Mavzuga oid
00:31 / 16.09.2024
Shanxay aeroportlarida «Bebinka» tayfuni tufayli barcha reyslar bekor qilinmoqda
20:26 / 27.08.2024
Yaponiyada tayfun xavfi sabab 230 dan ortiq aviareys bekor qilindi
09:34 / 05.08.2024
Viyetnam prezidenti To Lam Kompartiya Markaziy qo‘mitasi bosh kotibi etib saylandi
19:08 / 25.09.2023