Frantsuzcha sog‘lom parhez qoidalariga doir savol-javoblar
Professor, jarroh-onkolog va parhezshunos Anri Juayo "Sog‘lom ovqatlanishning fransuzcha qoidalari" kitobini yozib, taqdim etgan. Kitobning asosiy g‘oyasi - taomni qanday tayyorlayotganing haqida o‘ylan. "Layfxaker" uning nimani nazarda tutgani haqida ma'lumot berdi.
1. "Frantsuzcha" oziqlanish uchun nima qilish kerak?
Nonushta — kunning eng muhim taomlanish vaqti. U to‘yimli bo‘lishi kerak: bu o‘zlashtirish kerak bo‘lgan odat. Uyquga yotishdan avval ertalabki menyu haqida o‘ylab qo‘ying.
Nonushtaga bir chashka sut qo‘shilgan qaynoq shokolad yoki bir choy qoshiq shakar yoki asal qo‘shilgan 500 ml ko‘k choy, toshcho‘p va rozmarin dimlamasidan iching. Ikki bo‘lak non. Bir mavsumiy mevadan qo‘shasiz.
Tushlik 13:30ga qadar rejalashtirilgan bo‘lsa, 9:30 va 11:00 orasida quritilgan mevalar bilan bodom yeyish mumkin. Shu bilan birga, sarxil mevalardan ham yeng.
Tushlik quyidagilardan iborat bo‘lishi kerak:
- taom oldi - sarxil sabzavotlar, dukkaklilar, tuxum, yog‘siz pishloq yoki sabzavotli sho‘rva;
- asosiy taom — donlilar + sabzavotlar + baliq yoki ildiz ekinlar + sutli mahsulotlar + yashil sabzavotlar yoki yog‘siz go‘sht (tovuq, quyon, kurka) + sabzavotlar;
- desert — sarxil mevalar va pishloq;
- ikki bo‘lak qora non.
Kechki ovqat — yengil taom: bir yoki ikki meva, zaytun yog‘i bilan aralashgan yashil salat, ikki bo‘lak quritilgan non, biroz bodom.
Professor tavsiyalari
- Sigir sutidan tayyorlangan pishloqlarni kuniga bir martadan ortiq iste'mol qilish tavsiya etilmaydi;
- Mevali tvorojoklar va yogurtlarga ko‘p qiziqmang: ularda ko‘pincha shakar miqdori yuqori bo‘ladi;
- Shakar iste'molini kamaytiring, mevalar va asal bilan kifoyalaning.
- Go‘shtni pechda dimlang, pechga qo‘yishdan oldin unga sho‘rvadan purkang.
- Ragu, go‘shtli sho‘rva, sousli taomlarni iste'mol qilishdan oldin tayyorlang.
2. Qay biri yaxshiroq: qaynatish, dimlash yoki qovurish?
Taom tayyorlashning nomaqbul usullari:
- Grilda - kuygan go‘sht yuzasida kanserogen benzpirenlar bo‘ladi. Mahsulotni grilda uzoq qoldirmay, xavfni kamaytirish mumkin;
- Vertelda - zararli moddalar hosil bo‘lishining oldini olish uchun mahsulotni isitish manbaidan maksimal masofada ushlash kerak;
- Frityurda - unda kanserogen uglevodorodlar va boshqa moddalar hosil bo‘ladi. Taom tayyorlashda foydalanadigan yog‘ingizni tez-tez almashtirib turing;
- Suvda qaynatish - vitaminlar va mineral tuzlar suvga chiqib ketadi. Istisno - sho‘rva qaynatayotgan bo‘lsangiz.
- Tezpisharda - unda ham shu muammo. Harorat 100 darajadan oshsa (tezpisharda 105 darajagacha oshadi), vitaminlar parchalanib ketadi.
Taom tayyorlashning mukammal usuli - yumshoq bug‘da, 95 darajali haroratda. U har qanday taomga to‘g‘ri keladi. Mahsulotlar tabiiy ta'mini saqlab qoladi va yaxshiroq qabul qilinadi.
Bunday usul guruch va boshqa donlarni pishirishda ham qo‘l keladi.
3. O‘rta yer dengiziga xos ovqatlanish turi qanday?
O‘rta yer dengiziga xos ovqatlanish ratsioniniga misol:
- sabzavotlar - har taomlanish vaqtida;
- donlarning bir turi (guruch va boshqalar), non - har kuni;
- sarxil mevalar - kuniga kamida 4 mahal;
- pishloq, sut mahsulotlari - kuniga 1-2 mahal;
- baliq - haftasiga 3 marta;
- dukkaklilar - haftasiga 1-2 marta;
- tuxum - haftasiga kamida 5 dona.
Taomlanishning bu turi ratsionda to‘yingan yog‘larning kamligi, murakkab uglevodlar (meva va sabzavotlar)ning ko‘pligi bilan ajralib turadi, unda o‘simlik oqsili (donli va dukkaklilar) ko‘proq, shu mintaqaning o‘zida yetishtiriluvchi yoki ishlab chiqariluvchi mahsulotlar (baliq, zaytun yog‘i va b.) ko‘p.
O‘rta yer dengizi parhezi yurak-qon tomir kasalliklari va saratonning barcha turlarida samarali profilaktika hisoblanadi. Brokkoli, bryussel karami, qulupnay, maymunjon, olmalar, kivi, ko‘k choy, sarimsoq kukunida saratonga qarshi komponentlar mavjud.
Mavzuga oid
23:35 / 15.11.2024
Fransiya prokuraturasi madaniyat vazirini sudga topshirishni talab qildi
20:58 / 12.11.2024
Fransiyadagi yirik ommaviy axborot vositalari X ijtimoiy tarmog‘ini sudga berdi
17:50 / 06.11.2024
Makron Tramp g‘alabasidan keyin Fransiya va Germaniya maqsadlarini aytdi
21:44 / 05.11.2024