Jamiyat | 15:45 / 08.11.2017
9507
1 daqiqa o‘qiladi

AQSh Alyaskada 44 ta RQM raketasini joylashtirdi

Foto: Reuters

AQShning raketalarga qarshi mudofaa agentligi Alyaskada raketa tahdidlari bilan kurashga mo‘ljallangan raketalarni joylashtirish yakuniga yetgani haqida ma'lum qildi. Bu haqda Defense News xabar bermoqda.

«MDA hamda Boeing Fort-Grilda joylashgan raketalarga qarshi majmuadagi uchirish shaxtasiga 44 ta tutuvchini o‘rnatdi», - deya xabar berishgan mahkamadan.

Ta'kidlanishicha, tizim AQShni Eron va KXDR tomonidan qit'alararo ballistik raketalar tahdididan himoya qilishga qaratilgan.

Avvalroq Donald Tramp KXDRni AQShning «sabrini sinamaslik»ka chaqirgani xabar berilgandi.

 

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid