AQŞ prezidenti Donald Tramp Şimoliy Koreyani «AQŞning imkoniyatlarini past baholamaslik va davlatning sabrini sinamaslik»ka çaqirdi. U Vaşington özini va ittifoqçilarini Pxenyanning yadroviy tahdididan himoya qila olişiga va'da berdi.
«Bugun men nafaqat bizning davlatlarimiz (AQŞ va Janubiy Koreya. — tahr), butun sivilizatsiya nomidan Şimolga qarata yuzlanaman: bizning imkoniyatlarimizni past baholamang, bizni sinamang. Biz öz xavfsizligimizni, farovonligimiz va ozodligimizni himoya qila olamiz», — degan u.
Seulda Janubiy Koreya parlamentariylari qarşisidagi çiqişi çoğida amerikaliklar prezidenti AQŞni «qörqitib bölmasligi» haqida gapirgan. Janob Tramp barça mamlakatlarni KXDRga izolyatsiyani kuçaytirişga çaqirgan.
«Dunyo yadroviy vayrongarçiliklar bilan tahdid qiladigan rejimga jim qarab turmasligi kerak»,— deya uning sözlarini keltirgan Reuters agentligi.
Koreya yarim orolida Şimoliy Koreyaliklar tomonidan keltirib çiqarilgan taranglik fonida Oq uy rahbari dunyoning yetakçi davlatlarini KXDRdan keladigan xavfni yöq qiliş borasida hamkorlik söramoqda. Tokiodagi muzokaralar şuni körsatdiki, AQŞning diplomatik harakatlari Pxenyanga bosimni kuçaytirib, hatto kuç işlatişni nazarda tutadi.

















