Jahon | 01:41 / 20.11.2017
5862
2 daqiqa o‘qiladi

Isroil bosh vaziri Netanyaxu oltinchi marta so‘roq qilindi

Foto: AFP

Isroil politsiyasi tergovchilari mamlakat bosh vaziri Binyamin Netanyaxuni oltinchi marta so‘roq qildilar. Ayni vaqtda Netanyaxuga qarshi uning iste'fosiga olib kelishi mumkin bo‘lgan ikkita tergov ishi olib borilmoqda.

Netanyaxu ishbilarmonlik doiralari vakillaridan qimmatbaho sovg‘alar olish va mamlakatdagi eng yirik nashrlardan biri “Yediot Axronot” nashriyot uyi egasi bilan unga raqobatchi bo‘lgan “Israel xa-Yom” bepul gazetasi imkoniyatlarini cheklovchi qonun qabul qilinishiga urinish bo‘yicha kelishuvga kelishda gumon qilinmoqda.

“Politsiya tergovchilari bosh vazirni oltincha marta so‘roq qilish uchun uning Al-Qudsdagi qarorgohiga kelganlar. Taxmin qilinishicha, so‘roq ikki ishga ham taalluqli bo‘lishi mumkin. Bosh vazirga oxirgi oylarda tergovda yig‘ilgan yangi isbotlar taqdim qilinadi”, deyilgan xabarda.

Netanyaxu tergovchilar bilan 10 kun oldin uchrashgan. Politsiya ushbu ishlarda korrupsiya, firibgarlik va ishonchni suiste'mol qilish alomatlari qidirilayotganini ma'lum qilgan.   

Netanyaxuning o‘zi qonunga xilof hech narsa qilmaganini va mamlakatni yana ko‘plab yillar boshqarishni davom ettirmoqchiligini aytib keladi, muxolif siyosatchilar va jurnalistlarni davlat to‘ntaruvini amalga oshirishga urinishda ayblaydi. 

Agar tergov Netanyaxuga ayblovlar qo‘yilishi bilan yakunlansa, unda uning iste'fosi masalasi ko‘tariladi.

Mavzuga oid