Light | 12:50 / 28.11.2017
21556
2 daqiqa o‘qiladi

Taniqli milliarder biznesdagi imkonsiz narsa haqida gapirib berdi 

Foto: Reuters

Forbes jurnalining 100 yilligiga atab asli kelib chiqishi kurd bo‘lgan va Chobani yogurt brendi asoschisi milliarder Hamdi Ulukayyo jamoaviy ishlash haqida esse yozib berdi.

Shoir Jaloliddin Rumiy shunday yozgan: «Ostonadan o‘tishing bilan yo‘l paydo bo‘ladi». Men Chobani kompaniyasiga asos solishimdan avval, hech qachon korxonani boshqarmagandim, hamda menda hech qanday reja bo‘lmagan. Men bir narsani aniq bilardim, - bu eski fabrikada devorlarni bo‘yash kerak, - hamda buni qilish qiyinchilik tug‘dirmagan. Men bo‘yoqlar sotib oldim va o‘zimning birinchi besh nafar xodimim bilan ishga kirishdim.

Bu mening hayotimdagi eng birinchi va to‘g‘ri qaror bo‘ldi. Bu ishda mo‘'jizaviy nimadir bor: u fikrlash, yangi nimanidir o‘ylab topish va taraqqiyotni his qilish imkonini beradi. Shuning uchun o‘tirib, nimanidir kutishning kerak yo‘q – harakat qilish lozim.

Hammasini bir o‘zi, ayniqsa, ma'lum balandliklarga erishganidan so‘ng qilish kerak emas. Bu imkonsiz. Chobani kompaniyasiga asos solish vaqti kelganida, men faqat o‘zimga ishongandim va hali ham shunday bo‘lib qolmoqda. Biroq, boshqa tomondan, mening jamoam shunday odamlardan tashkil topganki, men ularga o‘z hayotimni ham ishonishim mumkin.

Mavzuga oid