Jahon | 23:15 / 29.11.2017
7653
1 daqiqa o‘qiladi

Bolgariya bosh vaziri samolyotiga Eron ustidan uchib o‘tishga ruxsat berilmadi

Foto: © SS0 Public Domain wikimedia.org

Eron hukumati talabi bilan Saudiya Arabistoniga yo‘nalayotgan Bolgariya bosh vaziri Boyko Borisov va yana bir necha rasmiy kishi bo‘lgan samolyot Eron havo hududini chetlab o‘tishiga to‘g‘ri keldi.

Bolgariyaning Novinite nashrining ma'lum qilishicha, shu sababli uchuvchi yo‘nalishni o‘zgartirib, Turkiyaga qaytishiga, so‘ngra Iroq hududi orqali Arabiston yarimoroliga uchishiga to‘g‘ri kelgan.

Bolgariya tashqi ishlar vaziri Yekaterina Zaxariyevaning aytishicha, rasmiy Sofiya diplomatik kanallar orqali oldindan samolyot uchib o‘tishi uchun ruxsat olgan. Vazir Eronning qoidalarga amal qilinmagani haqidagi vajlarini “yolg‘on” deb atagan. Tehronda, o‘z navbatida, samolyot bortida Bolgariya bosh vaziri borligini bilishmaganini va samlyot belgilangan yo‘nalishdan chetga chiqqanini ma'lum qilishgan.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid