Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiya AQSh va Janubiy Koreyaga chaqiriq bilan chiqdi
Rossiyaning Birlashgan Millatlar Tashkilotidagi doimiy vakili Vasiliy Nebenzya AQSh hamda Janubiy Koreyani dekabr oyida harbiy mashqlar o‘tkazishdan tiyilishga chaqirdi. Bu haqda Reuters xabar bermoqda.
Bundan tashqari, Nebenzya Pxenyanga murojaat qilib, raketa va yadroviy sinovlarni to‘xtatishga chaqirdi.
Eslatib o‘tamiz, 29 noyabr kuni KXDR Hwasong-15 qit'alararo ballistik raketasi muvaffaqiyatli sinovdan o‘tkazilgani haqida ma'lum qildi. Pxenyanning bayonotida aytilishicha, raketa AQSh hududidagi istalgan joyga yetib borishi mumkin. Shuningdek, Shimoliy Koreya yadro kuchlarini shakllantirish yakuniga yetgani haqida ham ma'lum qildi.
Mavzuga oid
11:18
Sun’iy intellekt endi shunchaki texnologiya emas, u strategik qurol
00:49
Tramp Eron bilan kelishuv 14 iyun kuni imzolanishini ma’lum qildi
11:20 / 13.06.2026
Jeep bir milliondan ortiq avtomobilni qaytarib olmoqda
10:15 / 13.06.2026