Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tramp Shimoliy Koreya yetakchisini “kasalmand kuchuk bola” deb atadi
AQSh prezidenti Donald Tramp Missuri shtatida soliq islohotlariga bag‘ishlangan nutqida Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen Inni “kasalmand kuchuk bola” deb atadi.
Tramp soliq islohotlarini AQSh iqtisodiyoti uchun “raketa yonilg‘isi” deya turib, birdan mavzuni o‘zgartirib, Kim Chen Inni avval atagandek “Kichik raketa-odam” deb, “Kasalmand kuchuk bola” deb qo‘shib qo‘ydi.
29 noyabr kechki vaqt Shimoliy Koreya tomondan 29 noyabrga o‘tar kechasi ballistik raketa uchirilgani yuzasidan AQSh, Yaponiya va Janubiy Koreya tashabbusi bilan BMT xavfsizlik kengashining favqulodda yig‘ilishi boshlandi.
Shimoliy Koreya 2,5 oylik sukutdan keyin navbatdagi ballistik raketasini uchirdi. Pxenyan sinov muvaffaqiyatli o‘tganini ma'lum qilib, bundan buyon AQShning istalgan nuqtasiga yadroviy zaryad yetkazishga qodir vositaga egaligini aytgan.
Mavzuga oid
20:18 / 11.05.2026
Kim Chen In o‘zi o‘ldirilgan taqdirda, yadroviy zarba bilan qasos olishni buyurdi
08:50 / 24.04.2026
Tramp: Putin G20 sammitiga kelsa, foydali bo‘ladi
08:55 / 23.04.2026
Politico: Tramp NATO davlatlarini “yaxshi” va “yomon”ga ajratdi
11:45 / 22.04.2026