Jamiyat | 14:44 / 01.12.2017
8952
2 daqiqa o‘qiladi

Qishloq xo‘jaligida suvni tejaydigan texnologiyalar joriy etiladi

Prezidentning 27.11.2017 yildagi PQ–3405-son qarori bilan 2018-2019 yillarda irrigatsiyani rivojlantirish va sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash Davlat dasturi tasdiqlandi.

Norma.uz’ning xabar berishicha, u o‘z ichiga quyidagi chora-tadbirlarni olgan:

•  irrigatsiya-melioratsiya obektlarini qurish va rekonstruksiya qilish, ta'mirlash va qayta tiklash loyihalarini amalga oshirish;
•  qishloq xo‘jaligi ekinlarini tomchilab sug‘orish va suvni tejaydigan boshqa sug‘orish texnologiyalari tizimini joriy etish;
•  irrigatsiyani rivojlantirish bo‘yicha normativ-huquqiy bazani takomillashtirish;
•  meliorativ suv xo‘jaligi ishlarini bajarishga ixtisoslashgan qurilish tashkilotlarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash;
•  suv xo‘jaligi rahbarlari va mutaxassislarining malakasini oshirish;
•  suv resurslaridan foydalanish monitoring tizimlarini takomillashtirish.
 
Bir oy muddatda viloyatlar hokimliklari tomonidan hududiy kompleks chora-tadbirlar dasturlari hamda irrigatsiya obektlarini qurish va rekonstruksiya qilish manzilli loyihalari ro‘yxati ishlab chiqiladi. Bunda 2017 yilda davlat ehtiyojlari uchun paxta tayyorlash majburiyatlarini bajarmagan tumanlarning sug‘oriladigan yerlarini sug‘orish suvi bilan ta'minlash va meliorativ holatini yaxshilash bo‘yicha muammolarni hal qilishga alohida e'tibor qaratiladi.
 
Tijorat banklari tomchilab sug‘orish tizimini hamda qishloq xo‘jaligi ekinlarini sug‘orishning suvni tejaydigan boshqa texnologiyalarini joriy etayotgan fermer xo‘jaliklari va boshqa qishloq xo‘jaligi korxonalari tomonidan investitsiyalarni jalb etilishiga ko‘mak ko‘rsatadi.
 
Hujjat 28.11.2017 yildan kuchga kirdi.    

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid