Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Hongkong aviakompaniyasi ekipaji KXDR raketa sinoviga guvoh bo‘lgan
Foto: AFP
Hongkongning Cathay Pacific aviakompaniyasi ekipaji a'zolari San-Frantsiskodan Hongkongga amalga oshirilgan reys davomida Shimoliy Koreyaga tegishli ballistik raketa atmosferaga kirib ketayotganini ko‘rishgani haqida xabar berishdi. Bu haqda CNN ma'lum qilgan.
Aviatashuvchi xabariga ko‘ra, ekipaj hodisa haqida rasmiy shaxslar, soha tashkilotlari va boshqa aviakompaniyalarni xabardor etgan, biroq yo‘nalishni o‘zgartirish haqida qaror qabul qilinmagan.
«Parvoz raketa uchirilgan joydan ancha uzoqda amalga oshirilgan bo‘lsa-da, ekipaj Yaponiya dispetcherlik xizmati bilan aloqada bo‘lib turdi. Bu qoidalarda belgilab qo‘yilgan», - deyiladi xabarda.
Ta'kidlanishicha, parvoz favqulodda vaziyatlarsiz amalga oshirilgan.
Eslatib o‘tamiz, KXDR Hwasong-15 qit'alararo ballistik raketasi muvaffaqiyatli sinovdan o‘tkazilgani haqida ma'lum qilgandi. Pxenyanning bayonotida aytilishicha, raketa AQSh hududidagi istalgan joyga yetib borishi mumkin. Shuningdek, KXDR yadro kuchlarini shakllantirish yakuniga yetganini ma'lum qildi.
Mavzuga oid
11:34 / 29.12.2025
KXDR Sariq dengiz yo‘nalishida ikki qanotli raketa sinovini o‘tkazdi
09:03 / 15.12.2025
Prokuror: Janubiy Koreya sobiq prezidenti KXDRni tajovuzga undamoqchi bo‘lgan
12:53 / 01.12.2025
Hongkongdagi yong‘in qurbonlari 140 nafardan oshdi. Xitoy namoyishlar boshlanishidan xavotirda
17:47 / 28.11.2025