Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Endi sud bo‘ladi. Turkmaniston va Eron gaz mojarosiga yechim topa olmadi
«Turkmangaz» davlat konserni raisi Mirat Archayevning videoselektor yig‘ilishi davomida aytishicha, Eronda Milliy gaz kompaniyasi bilan imzolangan shartnomaga muvofiq yetkazib berilgan turkman gaziga to‘lovni amalga oshirish bo‘yicha qarzdorlik bor. Bu haqda «Neytralnyy Turkmenistan» gazetasi xabar bergan.
«Ta'kidlanganidek, Eron tomoni vakillari bilan o‘tkazilgan uchrashuvlar hamda muzokaralar chog‘ida muammoga yechim topishning uddasidan chiqilmadi. Eronlik sheriklar ushbu muammoning barchaga qulay va obektiv yechimini topish maqsadida xalqaro arbitraj sudiga murojaat etishni taklif qilishmoqda», - deyiladi xabarda.
Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov «Turkmangaz» davlat konserni rahbarini tinglab, Milliy gaz kompaniyasining xalqaro arbitraj sudiga murojaat etish bo‘yicha taklifini qo‘llab-quvvatlash hamda boshlanajak jarayon uchun tegishli hujjatlarni tayyorlash topshirig‘ini berdi.
Mavzuga oid: Eron Turkmaniston bilan gaz mojarosini sudsiz hal qilishga rozi bo‘ldi
Turkmangaz va Milliy gaz kompaniyasi o‘rtasidagi mojaro Turkmaniston tomoni Erondan 1,8-2 milliard dollarlik qarzni qoplash talabi bilan chiqqanidan so‘ng yuz berdi. Qarzdorlik 2007-2008 yillarda yuzaga kelgan bo‘lib, o‘shanda Eron sovuq ob-havo tufayli Turkmanistondan xarid qilinuvchi gaz hajmini oshirishga majbur bo‘lgan.
Biroq, turkman tomoni gaz hajmi uchun narxni bir necha barobarga oshirib, shartnomada ko‘rsatilgandan yuqori narx qo‘ydi. Eron prezidenti Hasan Ruhoniy ma'muriyatining iddao qilishicha, yetkazib berilgan gazga keyingi uch yil davomida to‘liq haq to‘lab bergan. Avvalgi qarzlar esa boshqa hukumat davrida paydo bo‘lgan hamda ularning miqdorini, ma'muriyat fikricha, turkman tomoni bilan yana bir karra muhokama qilish zarur.
Eslatib o‘tamiz, Eron mamlakat janubida yirik tabiiy gaz konlariga ega, biroq 1997 yildan boshlab o‘zining shimoliy viloyatlari uchun Turkmanistondan gaz import qilib kelgan.
Mavzuga oid
21:50 / 10.06.2026
Eronning yadro bombasi yaratish imkoniyati qanday?
20:05 / 10.06.2026
Ko‘rinmas front: Isroil va Eronning kiber urushi
09:59 / 10.06.2026
«Apache» vertolyotini Eron droni urib tushirgani ma’lum bo‘ldi. AQSh va Eron yana zarbalar almashdi
09:13 / 09.06.2026