Eron Turkmaniston bilan gaz mojarosini sudsiz hal qilishga rozi bo‘ldi
Eron milliy gaz kompaniyasi rahbari Hamid Riza Araki Turkmaniston bilan gaz mojarosini sudsiz hal qilishni ma'qul ko‘rmoqda, deya xabar berdi Financial tribune mahalliy nashri.
«Gaz masalasida muzokaralar davom etmoqda. Biz bu muammoni muloqot orqali hal qilmoqchimiz», - deya ma'lum qildi Araki.
«Eronda Turkmanistonga qarshi da'vo arizasi uchun hali vaqt bor, ammo mening fikrimcha, muzokaralarda istalgan masalani hal qilish mumkin», - deya qo‘shimcha qilib o‘tdi Araki.
Turkmangaz va Eron milliy gaz kompaniyasi o‘rtasidagi mojaro Turkmaniston Eronga 1,8-2 mlrd. dollar hajmidagi qarzdorlikni qoplash haqida talab qo‘yganidan so‘ng yuz berdi. Qarzdorlik 2007-2008 yillarda paydo bo‘lgan bo‘lib, o‘shanda Eron qattiq sovuq tufayli Turkmanistondan xarid qilinayotgan gaz miqdorini oshirishga majbur bo‘ldi.
Biroq, turkman tomoni gaz hajmi uchun narxni bir necha barobarga oshirib, shartnomada ko‘rsatilgandan yuqori narx qo‘ydi.
Eron prezidenti Hasan Ruhoniy ma'muriyatining iddao qilishicha, yetkazib berilgan gazga keyingi uch yil davomida to‘liq haq to‘lab bergan. Avvalgi qarzlar esa boshqa hukumat davrida paydo bo‘lgan hamda ularning miqdorini, ma'muriyat fikricha, turkman tomoni bilan yana bir karra muhokama qilish zarur.
Eslatib o‘tamiz, Eron mamlakat janubida yirik tabiiy gaz konlariga ega, biroq 1997 yildan boshlab o‘zining shimoliy viloyatlari uchun Turkmanistondan gaz import qilib kelgan.
Mavzuga oid
23:14 / 19.11.2024
Eron uranni boyitishni to‘xtatishga tayyorligini bildirdi - OAV
21:44 / 19.11.2024
Kanadada sobiq adliya vaziriga suiqasdning oldi olindi
19:09 / 19.11.2024
Tramp Moskva va Tehronning ittifoqini parchalay oladimi?
11:54 / 19.11.2024