Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Fransiyalik mashhur qo‘shiqchi Jonni Hollidey vafot etdi
Foto: Reuters
Fransiyalik taniqli rok-ijrochi va aktyor Jonni Hollidey 75 yoshida hayotdan ko‘z yumdi. Musiqachi vafot etgani haqida uning rafiqasi Letitsiya xabar bergan, deb yozmoqda Huffington Post.
«Jonni Hollidey olamdan o‘tdi, men bu so‘zlarni o‘z ko‘zlarimga ishonmay yozmoqdaman, biroq bu rost, mening turmush o‘rtog‘im hayotdan ko‘z yumdi, u kecha kechqurun bizni tark etdi. U mardlik va o‘z obro‘sini saqlagan holda hayot kechirdi», - deyiladi ayolning bayonotida.
Mart oyida xonanda Jonni Hollidey saratondan davolanayotgani haqida xabarlar tarqalgandi.
Hollidey – Fransiyaning eng mashhur artistlaridan biri edi, uni «Fransiyaning Elvisi» deb ham atashardi. U 110 milliondan ortiq yozuvlarini sotgan, 18 ta platinali albomga egalik qilgan.
Mavzuga oid
08:21 / 07.05.2026
Fransiyaning 71 yoshli sobiq prezidenti qamoqdan ozod etildi
22:42 / 28.04.2026
50 nafar o‘zbekistonlik Fransiya uzumzorlariga ishga yuboriladi
09:05 / 25.04.2026
Fransiya okean ustida eng qimmat yo‘lni qurmoqda
09:59 / 24.04.2026