Jahon | 20:10 / 12.12.2017
13814
3 daqiqa o‘qiladi

Bashar Asad rejimi endi bizga xavf tug‘dirmayapti - Turkiya

Turkiya Tashqi ishlar vaziri Mavlud Chovusho‘g‘li NTV telekanaliga bergan intervyusida ma'lum qildiki, Suriya prezidenti Bashar Asad rejimi endi Turkiya uchun xavf tug‘dirmayapti. Shu bilan birga u Turkiyaning suriyaliklar yetakchisiga munosabati o‘zgarmasligi — Turkiya u Suriyani boshqarishga va saylovlarga tayyorlashga ham layoqatsizligi haqida qayd etib o‘tgan.

Vazirning so‘zlariga ko‘ra, ayni vaqtda Turkiyaga Suriya hududidagi kurdlarning partiyalari - «Demokratik ittifoq» (PYD) va Kurdiston ishchilar partiyasiga (bu partiyalar Turkiyada terroristik tashkilotlar hisoblanadi) qarshi amaliyotlar o‘tkazilsa, Anqaraning harakatlari Rossiya va boshqa ittifoqchilar bilan muvofiqlashtirilgan holda olib boriladi.

Janob Chovusho‘g‘li, shuningdek, Turkiya Rossiyaga Suriya Milliy kongresidagi muloqotlarda qatnashishga tayyor bo‘lgan kurd tashkilotlari ro‘yxatini taqdim etgani haqida ma'lum qilgan.

Bundan avvalroq, Turkiya TIV rahbari Anqara terroristik faoliyat bilan shug‘ullanmaydigan kurdlarning Suriyadagi siyosiy jarayonlarda qatnashishiga to‘sqinlik qilmasligi haqida gapirgandi.

«Ular mamlakat birligini emas, parchalanishini istashadi. Umummilliy muloqot barchani, kurdlarni ham, shialarni ham, sunniylarni ham, xristianlar va turkmanlarni ham qamrashi kerak, bilaks, terrorchilarni emas. Turkiyaning Turkiya, Suriya va Iroqdagi kurdlar bilan muammolari yo‘q, agar ular terrorizmga aloqador bo‘lishmasa»,— deya qo‘shimcha qilgan vazir.

Kongress 2018 yil fevralida Sochida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan. Kongress chog‘ida Suriyaning yangi Konstitutsiyasi tamoyillari ishlab chiqilishi va mamlakatda o‘tkaziladigan saylovlar shartlari aniqlab olinishi kutilmoqda. Suriya Milliy muloqot Kongressini tashkil etish tashabbusi Rossiya prezidenti Vladimir Putin tomonidan taklif etildi. Bu tashabbus 22 noyabr kuni Sochida Rossiya, Turkiya va Eron rahbarlari ishtirokidagi uchrashuvda ma'qullandi. Turkiya rahbari o‘shanda Suriya kurdlari bu muloqotda qatnashishiga qarshi chiqqandi. 

«Agar biz Suriyani yaxlit davlat sifatida ko‘rmoqchi bo‘lsak, biz mamlakatni bo‘lishni istaydigan guruhlarni qonuniy o‘yinchilar sifatida ko‘rmasligimiz kerak»,— degandi Erdo‘g‘an.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid