Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Imomali Rahmon Oman shahrining faxriy fuqarosiga aylandi
Foto: Sputnik Tadjikistan
Tojikiston prezidenti Imomali Rahmon Iordaniyaga rasmiy tashrifi doirasida Oman shahar kengashi deputatlari va Iordaniya poytaxti ma'muriyati vakillari bilan uchrashdi, deya xabar qilgan Tojikiston yetakchisining matbuot xizmati.
Shahar kengashi deputatlari va Oman ma'muriyati vakillari bilan uchrashuvda prezident Imomali Rahmon tashrifidan ko‘zlangan maqsadlar va Tojikiston hamda Iordaniya o‘rtasidagi hamkorlik istiqbollari haqida so‘zlab berdi.
Shundan so‘ng Oman meri Yusuf Shavarbex, Imomali Rahmonning ikki davlat o‘rtasida diplomatik aloqalar o‘rnatilishiga, xalqlar o‘rtasida o‘zaro do‘stlikni mustahkamlashga qo‘shgan hissasi uchun Tojikiston prezidentiga Oman shahrining ramziy oltin kalitini topshirdi.
Mavzuga oid
18:41 / 02.04.2026
Tojikiston prezidenti oziq-ovqat narxlari «misli ko‘rilmagan darajada» oshishidan ogohlantirdi
20:14 / 27.03.2026
O‘zbekiston va Tojikiston prezidentlari Buxoroda to‘qimachilik korxonasiga tashrif buyurdi
15:27 / 27.03.2026
Shavkat Mirziyoyev va Imomali Rahmon Buxorodagi tarixiy majmualarni ziyorat qildi
14:10 / 27.03.2026